25 noyabr kuni Konimex tumani XTBga qarashli №1 IDUM-da “Rus va xorijiy tillar fan oyligini xamma ta’lim mussasalarida yuqori saviyada tashkil etish va fan oyligida o‘tkazilgan xar bir darsni “Ochiq dars” va “Maxorat darslari” deb e’lon qilish” topshirig‘ini ijrosini ta’minlash maqsadida IDUMda «Rus va xorijiy tillar ta’limi innovatsiya» «Innovation in learning foreign languages» mavzusida tuman miqiyosida integratsion seminar tashkil qilindi.Seminarga tuman ingliz tili fani o‘qituvchilari va viloyat Chet tillar agentligi raxbari L.A.Davronova taklif kilindi.Seminarni ochib berish uchun tuman XTB boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari G.R. Abdullayeva so‘zga chiqib, mamlakatimizda xorijiy tillarni o‘rganishga bo‘lgan e’tibor, o‘qituvchi va uquvchilarga berilayotgan imtiyezlar, yaratilayotgan shart-sharoitlar xaqida aytib o‘tdi.
Ochiq darsdan so‘ng, dunyoda ta’lim bo‘yicha eng yuqori o‘rinda turgan Finlyandiya davlatining ta’lim tizimi, o‘qitish usullarini to‘g‘ri, o‘z joyida, milliy mentalitetimizga moslashgan qirralaridan foydalangan xolda qo‘llash bo‘yicha davra suxbatini o‘tkazdi. Davra suhbati jarayonida ochiq dars ishtirokchilari bilan fikr almashildi, mulohazalar tinglandi, tegishli xulosalar chiqarildi.
Seminar jarayonida №1 IDUM ingliz tili fani o‘qituvchisi B. Umarova ixtisoslashtirilgan 6a sinfida Finlyandiya mamlakati ta’limi asosida ishlab chiqilgan “Drinking water” mavzusiga bag‘ishlangan maxorat darsini o‘tdi. Dars jarayonida o‘qituvchi yangi pedagogik texnologiyalar “Experince and learn the world Yourself” (“Tajriba asosida dunyoni o‘rgan”), CLT, Suggestopedia usullaridan foydalanib dars o‘tib, o‘z tajribasi bilan o‘qituvchilar bilan bulishdi.
Dastur asosida davra suhbatidan keyin tumanning ingliz tili fani o‘qituvchilari orasida “My place in education 2030” tanlovining tuman bosqichi bo‘lib o‘tib, ushbu jarayonda uqituvchilar mavzu asosida o‘zlarining taqdimot va roliklarini taqdim etishdi. Seminar yakunida 1- IDUM-ning ingliz B.Umarova va rus tili R.Sadanova fanlari o‘qituvchilari tomonidan tayyorlangan va tashkillashtirilgan Rus va xorijiy tillar oyligining yakunlanishiga bag‘ishlangan “Festival of Foreign Languages” o‘quvchilarning rus va ingliz tilidagi qo‘shiqlar quylashi, saxnalik ko‘rinish va raqslarni namoyish qilishi tadbiri bilan yakunlandi. Ushbu yakuniy tadbir o‘qituvchi va o‘quvchilarga mamnunlik, xushkayfiyat va ko‘tarinki rux bag‘ishladi. Seminar yakunida Konimex tumani XTB xorijiy tillar metodisti J.J.Sultanova va viloyat Chet tillar agentligi raxbari L.A.Davronovalar oylik davomida o‘tkazilgan tanlovlarda sovrinli o‘rinlarni egallagan o‘quvchilar, o‘qituvchilar va maktab jamoalarini faxriy yorliqlar va sovg‘alar bilan taqdirladi . 1- IDUMda tuman miqiyosida o‘tkazilgan «Rus va xorijiy tillar ta’limi innovatsiya» «Innovation in learning foreign languages» mavzusidagi integratsion seminar yuqori saviyada bo‘lib o‘tib, seminar ishtirokchilarini rus va ingliz tillariga bo‘lgan qiziqishini yanada orttirib, dars o‘tish, tadbirlar o‘tkazilishida, mavzuning xar tomonlama yoritilishida tajriba bo‘ldi va ijobiy xulosa olindi .